HR bo'limini tizimlashtirish
Kompaniyangizda xodimlar bilan ishlash tizimini siz nazorat qila oladigan holatga keltiramiz.
- Lavozim yo'riqnomalari va xodim profillari
- Ishga qabul jarayoni va suhbat savollari
- Yangi xodimlar uchun moslashuv (onboarding) dasturi
- Xodimlarni baholash va KPI tizimi
- Kerakli HR hujjatlar va shablonlar
- Tizimni jamoangizga topshirib, qanday ishlatishni o'rgatamiz

Bu ishni men — Ali o'zim olib boraman: kompaniyangiz bilan tanishib, HR bo'limingizni boshidan oxirigacha birga tizimlashtiramiz.